"Uzbekistan GTL" заводига халқаро стандарт сертификати топширилди

image

"Uzbekistan GTL" zavodi Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha "ISO 37001:2016" xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Joriy yil oktyabr-noyabr oylarida CERT International - xalqaro sertifikatlash tashkiloti, Slovakiya milliy akkreditatsiya xizmati SNAS akkreditatsiyalangan, tomonidan zavodning "ISO 37001:2016" xalqaro standart talablariga muvofiqligi bo‘yicha audit o‘tkazildi.

Audit natijalariga ko‘ra, zavod faoliyati va joriy etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro talablarga muvofiqligi tasdiqlandi hamda xalqaro va milliy sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Ushbu xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

 

"Uzbekistan GTL" Matbuot xizmati