"Uzbekistan GTL" MChJda ISO xalqaro standartlariga muvofiq xodimlar malakasini oshirish maqsadida ISO 9001 - Sifatni boshqarish tizimi, ISO 14001 - Atrof-muhitni boshqarish tizimi va ISO 27001 - Axborot xavfsizligini boshqarish tizimi standartlari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.
Kurslar davomida ishtirokchilar mazkur standartlar asosida ichki auditni o‘tkazish, tegishli hujjatlarni shakllantirish va yuritish kabi muhim amaliyotlarga o‘rgatildi. Ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan xodimlar belgilangan talablarga javob beradigan malakaga ega mutaxassislar sifatida tan olindi va ularga rasmiy sertifikatlar topshirildi.
Mazkur kurslar shunisi bilan ahamiyatliki, ushbu kurslarda malaka oshirgan xodimlar yuqoridagi standartlar bo`yicha korxonada ichki auditni o'tkazishda va tegishli hujjatlarni yuritishda ishtirok etishadi.