Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining buyrugʻiga asosan, 15-martdan 15-aprelgacha “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan "Uzbekistan GTL" MChJ zavodi, Toshkent ofisi hamda "GTL Chinoz Terminali"da xodimlar va boshqa nazorat organlari bilan favqulodda vaziyatlarda va turli tabiiy-texnogen tusdagi favqulodda holatlarda toʻgʻri harakat qilish hamda fuqaro muhofazasi boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida o‘quv-taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.