“Uzbekistan GTL” MChJ aviatsiya tadbirida ishtirok etdi

image

Toshkent shahrida Xalqaro havo transporti assosiatsiyasi (IATA), Transport vazirligi, Turizm qo‘mitasi, “O‘zaviatsiya” agentligi hamda “Uzbekistan Airports” AJ hamkorligida fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda mahalliy va xalqaro mutaxassislar, tegishli vazirlik va idoralardan mas’ul vakillar qatnashdi. Asosiy e’tibor fuqaro aviatsiyasidagi dolzarb masalalar — infratuzilmani rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash, aeroportlar faoliyatini takomillashtirish, yuk va yo‘lovchi tashish, shuningdek, barqaror aviatsion yoqilg‘i (SAF) ishlab chiqarish kabi mavzularga qaratildi.


Mazkur tadbirda “Uzbekistan GTL” MChJ vakillari ham faol ishtirok etdi. Korxona mutaxassislari tomonidan GTL (Gas-to-Liquids) texnologiyalarining aviatsiya sohasidagi ahamiyati, ayniqsa, SAF standartlariga mos va ekologik toza aviatsion yoqilg‘i ishlab chiqarishdagi istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.