Hurmatli xaridorlar!
O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 18-dekabrdagi O’RQ-1014-sonli “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida ”gi Qonuniga muvofiq, 2025 yil 1 apreldan boshlab aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan oshirilgan soliq stavkalari joriy etiladi.
Shu munosabat bilan, 2025 yil 1 apreldan boshlab “O'zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdo maydonchasida “Uzbekistan GTL” MCHJ tomonidan quyidagi mahsulotlar yangilangan boshlang‘ich narxlarda savdoga qo‘yiladi:
Suyultirilgan uglevodorod gazi (SUG)
Yetkazib berish shartlari: EXW (Sho‘rtan GKM)
Boshlang‘ich narx: 6 941 413,71 so‘m/tonna (QQS hisobga olingan holda).
Sintetik nafta
Yetkazib berish shartlari: EXW (GTL Chinoz terminali)
Boshlang‘ich narx: 6 561 667,39 so‘m/tonna (QQS hisobga olingan holda)